Bugun viloyat prokurori B.Sayipov Nishon tumanining markaziy koʻchalarini zamonaviy qiyofaga aylantirish borasida Nishonlik tadbirkor va nuroniylar bilan uchrashuv o'tkazdi.
Yangiliklar
#JARAYON
#YANGILANISH
#TAQDIMOT
Bugun viloyat prokurori B.Sayipov Nishon tumanining markaziy koʻchalarini zamonaviy qiyofaga aylantirish borasida Nishonlik tadbirkor va nuroniylar bilan uchrashuv o'tkazdi.
Uchrashuvda tuman hokimi B.Tog'ayev tomonidan tuman markaziy koʻchalarining rejalashtirilgan yangicha loyihalar taqdimoti yig'ilish ishtirokchilariga tanishtirildi.
Shuningdek davlat dasturlari doirasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan qurilish-taʼmirlash ishlari ahvoli muhokama qilinib, ijtimoiy soha obʼektlari atroflaridagi noqonuniy qurilishlarni bartaraf etish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Shuningdek masʼullar piyoda yurib, tumandagi markaziy koʻchalar, bozorlar va ijtimoiy soha obʼektlari atrofi koʻzdan kechirilib, loyihalar doirasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlarni sifatli va oʻz vaqtida bajarish, koʻchalarni yoritish, piyodalar yoʻlakchalarini aholi gavjum joylarda oʻrnatish va aholiga qulayliklar yaratish boʻyicha tavsiyalar va vazifalar belgilab berildi.
Nishontumani.uz |Telegram
Tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil
#Uchrashuv Tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Qashqadaryo viloyati prokurorining birinchi oʻrinbosari Sh.Ashurov, hamda Nishon tumani