Sayt vaqtincha test rejimida ishlamoqda........ Сайт временно работает в тестовом режиме........ The site is temporarily in test mode.

Ishonch telefoni:

+998975 512-16-15


Nishonlik o‘quvchining kitob taqdimoti o‘tkazildi

Nishonlik o‘quvchining kitob taqdimoti o‘tkazildi

Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi "Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarorida, joylarda Maʼnaviyat va maʼrifat maskanlarini barpo etish hamda boʻsh turgan binolarda mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan tashkil etilishi belgilangan edi. Shunga koʻra, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat Markazi Nishon tuman boʻlinmasi oʻz faoliyatini kapital taʼmirlanib, barcha qulayliklarga ega boʻlgan binoda boshlagan edi.

Mazkur qarorga koʻra, har bir umumtaʼlim muassasasida ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchi lavozimi joriy etilib, targʻibotchilar oʻquvchilar bilan muntazam ish olib borilishi belgilangan. Buning samarasi oʻlaroq yoshlarning badiiy ijodkorlikka boʻlgan qiziqishlari yanada ortib, ularning yangi-yangi asarlari chop etilib, maʼnaviyat maskanlarida kitob taqdimotlari muntazam o‘tkazilib kelinmoqda.

Jumladan, Nishon tumanidagi 31-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 7-"B" sinf oʻquvchisi Gulchehra Abduhalilovaning "Kamalak" nomli kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi. Tadbirda tumandagi ijodkor oʻquvchilar, ustozlar hamda ota-onalar taklif etildi. 

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat Markazi Nishon tumani boʻlinmasi rahbari Xoʻjamqul Davronov kitob taqdimotiga bagʻishlangan tadbirni ochar ekan, yosh ijodkorlarga omad tilab, yosh ijodkorga esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Tadbir yakunida, "Kamalak" kitobining muallifi Gulchehra Abduhalilova tengdoshlariga oʻz kitobini sovgʻa qildi.
Nishonda yo`l harakati qoidalari buzilishining oldini olish maqsadida ishchi guruh tuzildi Nishonda yo`l harakati qoidalari
Sodir etilayotgan yo`l harakati hodisalarining oldini olish maqsadida foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarni o`rnatish
Nishon tumani hokimining tuman aholisiga murojaati Nishon tumani hokimining tuman
Nishon tumani hokimi Muxtor Xayitmurodovning tuman aholisiga yo`llagan murojaati.
Fuqarolarning murojaatlari joyiga borib oʻrganildi Fuqarolarning murojaatlari joyiga borib
Nishon tumani hokimi Muxtor Xayitmurodov, tuman Xalq qabulxonasi mudiri Umid Mamashoyev boshchiligidagi masʼullar fuqarolarning murojaatlarini joyiga
Tuman hokimi tadbirkorlarning faoliyatini oʻrgandi Tuman hokimi tadbirkorlarning
Bugun, 4-fevral kuni Nishon tumani hokimi Muxtor Xayitmurodov "Shirinobod" mahallasidagi tadbirkor va fermerlarning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Homiylar tomonidan berilgan oziq-ovqat mahsulotlarini topshirildi Homiylar tomonidan berilgan oziq-ovqat
Bugun, 19-yanvar kuni Nishon tumani hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi Nishon tumani bo‘limi hamkorlikda imkoniyati cheklangan yoshlarning holidan

INTERAKTIV XIZMATLAR