Sayt vaqtincha test rejimida ishlamoqda........ Сайт временно работает в тестовом режиме........ The site is temporarily in test mode.

Ishonch telefoni:

+998975 512-16-15


Nishonda davlat-xususiy sheriklik asosida tanlov e’lon qilinadi.

Nishonda davlat-xususiy sheriklik asosida tanlov e’lon qilinadi.

Yangiliklar
Tuman aholisining ehtiyojlaridan kelib chiqib, shu jumladan tuman markazidagi “Ulug‘bek”, “Baynalminal”, “Paxtakor”, “Navbahor” va “Yuksalish” mahalla fuqarolar yig‘inlarining shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan takliflarni o‘rganib chiqib, tuman markazidagi “Istiqlol” istirohat bog‘i hududidagi yer maydonlarida davlat-xususiy sheriklik asosida faol dam olish zonalari va tinch zonalarni tashkil etish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklikasosida tanlov e’lon qilinadi. 

Tuman markazidagi “Istiqlol” istirohat bog‘ihisobida bo‘lgan yer maydonlari davlat-xususiy sheriklik asosida quyidagi maqsadlar uchun tanlovga qo‘yilsin:

Istirohat bog‘ining markaziy qismidagi 50 kv.metr yer maydoni “Attraksion” o‘rnatish uchun;
Istirohat bog‘ining markazidagi “Sun’iy ko‘l” xavzasi o‘rtasidan 2000 kv.metr yer maydoni “Muzqaymoq pavlioni hamda xar-xil turdagi ko‘ngilochar atraksionlar” o‘rnatish uchun;
Istirohat bog‘ining janubiy qismidagi 200 kv.metr yer maydoni “Kompyuter o‘yinlari” xonasi o‘rnatish uchun;
Xususiy sherik (jismoniy va yuridik shaxslar)tanlovida ishtirok etish uchun davlat sherigi(Nishon tuman hokimligi, manzili: Nishon tumani Yangi-Nishon shahri O‘zbekiston ko‘chasi 20-uy, telefon: 75 512 24 90)ga quyidagi hujjatlarni ilova qilingan holda ariza taqdim etishlari lozim:
-tanlovda ishtirok etish uchun buyurtmanoma taqdim etilgan kundan boshlab bir oy oldingi holatga ko‘ra, soliqlar, yig‘imlar, boshqa majburiy to‘lovlar va moliyaviy sanksiyalar bo‘yicha qarzdorlik yo‘qligi to‘g‘risidagi axborot;
-xususiy sherikning sof aktivlari, boshqa tashkilotning loyiha qiymatidan kamida 
25 foiz miqdoridagi kafolati to‘g‘risida davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishning moliyaviy imkoniyatlarini tasdiqlovchi axborot;
-faol dam olish zonalari va tinch zonalarni qurish bo‘yicha xomaki loyiha taklifi;
-faol dam olish zonalari va tinch zonalarni qurishning dastlabki texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari;
-xususiy sherik tomonidan davlat sherigining budjetdan tashqari maxsus hisob raqamiga tanlov komissiyasi uning arizasini ko‘rib chiqqanligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 0,25 miqdorida yig‘imni kiritganligini tasdiqlovchi hujjat.
Nishonda "Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik" shiori ostida Yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi Nishonda "Yangi O‘zbekiston yoshlari
"Istiqlol" istirohat bog‘ida joylashgan "Sun'iy ko‘l" majmuasida "Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik" shiori ostida harbiy vatanparvarlik -
Nishonda futbol bo‘yicha DXX kubogi musobaqalarining g‘oliblari aniqlandi Nishonda futbol bo‘yicha DXX kubogi
Futbol va mini-futbol boʻyicha DXX kubogi musobaqalarining g‘oliblari aniqlandi
Kadastr aholi manfaatlari yo'lida. Nishonda aholining sohaga doir murojaatlari o'rganilmoqda Kadastr aholi manfaatlari yo'lida.
Nishonda aholi manfaatlari ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan ishlar davom etmoqda
Nishonda Oilaviy Nodavlat Maktabgacha Taʼlim Tashkiloti oʻz faoliyatini boshladi Nishonda Oilaviy Nodavlat Maktabgacha
Nishon tumanidagi "Yuksalish" mahallasida Yakka tartibdagi tadbirkor "Yormatova Shoira Shomurodovna"ga qarashli Davlat Xususiy Sherikchiligi asosida

INTERAKTIV XIZMATLAR