Sayt vaqtincha test rejimida ishlamoqda........ Сайт временно работает в тестовом режиме........ The site is temporarily in test mode.

Ishonch telefoni:

+998975 512-16-15


Yurtimizda bahorning eng nafis, eng goʻzal bayrami shukuhi hukmron.

Yurtimizda bahorning eng nafis, eng goʻzal bayrami shukuhi hukmron.

Yangiliklar
💐Yurtimizda bahorning eng nafis, eng goʻzal bayrami shukuhi hukmron.

Nishon tumanidagi “Qurbon bobo” tantanalar majmuasida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Dastavval tuman hokimi Botir Tog'ayev qutlug‘ ayyom bilan o‘zining samimiy tabriklarini yo'llab, ezgu tilaklarini izhor etdi.

Tadbirda tuman xokimi Botir Togʻayev, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda 340 nafardan ziyod faol xotin-qizlar ishtirok etdi.

Oʻtkazilgan bayram tadbirida tantana qatnashchilarini samimiy qutlagan tuman hokimi, ularning timsolida bugungi kunda davlat xizmatida, tadbirkorlikda, farzand tarbiyasida, oʻqishda, qoʻyinki, hayotning har bir jabhasida oʻz vazifasiga mehr bilan yondashayotgan yurtimizning barcha ayollariga ezgu tilaklarini izhor etdi.

Unda tuman hokimi Botir Tog'ayev yigʻilgan barcha opa-singillarimiz, onaxonlarimizga samimiy tilaklarini bildirib, bir guruh xotin-qizlarga tashakkurnomalar va esdalik sovgʻalarini topshirdi.

Toʻkin dasturxon atrofida yangragan dil izhorlari shoʻx kuy-qoʻshiqlarga ulandi. 

Baxtiyor chehralarda bu kabi eʼtibor va mehrdan minnatdorlik, bugungi dorilamon kunlarga shukronalik, mamnunlik hissi tuyildi.

✍ Nishon tumani hokimligi Axborot xizmati

INTERAKTIV XIZMATLAR