Sayyor qabul – aholi bilan muloqotning samarali usuli
---
Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining Nishon tumanidagi xalq qabulxonasida Nishon tuman hokimi Botir Togʻayev hamda tuman xalq qabulxonasi mudiri Umid Mamashoyevlarning navbatdagi fuqarolar bilan sayyor qabuli boʻlib oʻtdi.
Bu kabi sayyor qabullar tumandoshlarimizni yillar davomida qiynab kelayotgan muammolarga joyida yechim topish, aholining turmush darajasi va sifatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Tumandagi A.Qodiriy, Oydin, Yangiobod, Yuksalish, Gulzor, Nishon mahallalarida istiqomat qiluvchi 80 nafardan ziyod fuqarolar oʻzlarini qiynab kelayotgan muammolari yuzasidan tuman hokimi va qabulxona mudiriga murojaat etishdi.
Qabul davomida fuqarolar asosan uy-joy taʼmiri, davolanish uchun order, moddiy yordam, elektr-energiya, auksiondan olingan yerlarni oʻz nomidan chiqarish kabi bir qancha masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi
Muammolar tegishli mutasaddilarga yoʻnaltirildi va soha mutaxassislari bilan birgalikda joyiga chiqqan holda oʻrganildi. Mablagʻ va vaqt talab qiladigan murojaatlar esa nazoratga olindi.
Har bir murojaatga va murojaatchiga alohida eʼtibor qaratildi. Ana shu mezon sayyor qabulning samarali boʻlishini taʼminladi.
Nishon tumani xokimligi Axborot xizmati
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo`lib
Nishon tumani Xalq qabulxonasi binosida fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul boʻlib oʻtdi
Tuman hokimi boshchiligida
Tuman hokimligida masʼul rahbarlar ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi
Fuqarolarning murojaatlari tinglanib,
Sayyor qabul davomida ayrim fuqarolarning murojaatlari mas'ullar tomonida tinglanganidan so‘ng, joyida ijobiy yechim topilmoqda.
Murojaat va yechim!
"Umr bunyodkori" MFYda yashovchi fuqaro U.Ergashevaning oziq-ovqat taʼminoti boʻyicha murojaati mas'ullar tomonidan joyida hal etildi.
Tuman hokimi sayyor qabulda
Nishon tumani hokimi Muxtor Xayitmurodov boshchiligidagi fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul boʻlib oʻtdi.