Viloyat hokimi Murotjon Azimov Nishon tumanida tashkil etilayotgan tadbirkorlik obyektlari bilan yaqindan tanishdi.
Yangiliklar
Kuni kecha Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov hamda viloyat prokurori Bektosh Sayipovlar kunning ikkinchi yarmida Nishon tumanida boʻlib loyiha qiymati 30 mln Yevroga teng boʻlgan IP kalava ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "Nishon texstel" MCHJda olib borilayotgan qurilish ishlarni kuzdan kechirib, tadbirkorni muammo va takliflarini eshitib, masʼullarga topshiriq va koʻrsatmalar berdi.
Hozirda ushbu korxonaga Germaniya davlatidan 19.3 mln Yevrolik zamonaviy asbob uskunalar keltirilgan. Ushbu loyihani ishga tushirish orqali 300 nafar yangi ish oʻrinlari yaratiladi.
Viloyat hokimi oʻrganishlar davomida loyihani tezkorlik bilan ishga tushirish, atrofini iqlimga mos boʻlgan manzarali koʻchatlar ekish va atrofini obodonlashtirib, koʻkalamzorlashtirish topshiriqlarini berdi.
Viloyat hokimi Nishon tumanida
Viloyat hokimi Murotjon Azimov va sektor rahbarlari Nishonda olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlarini ko'zdan kechirdi
Mehnat faxriysi Yanvar Inoyatov 85
Yanvar Po‘latovich o‘zining muborak 85 yoshini keng jamoatchilik ishtirokida qarshi oldi.
Tuman hokimi sayyor qabulda
Nishon tumani hokimi Muxtor Xayitmurodov boshchiligidagi fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul boʻlib oʻtdi.