Sayt vaqtincha test rejimida ishlamoqda........ Сайт временно работает в тестовом режиме........ The site is temporarily in test mode.

Ishonch telefoni:

+998975 512-16-15


Tadbirkorlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Tadbirkorlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Yangiliklar
Tadbirkorlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Nishon tumani hokimligida viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari A.Qodirov, Davlat soliq inspeksiyasi viloyat boshqarmasi boshligʻi Sh.Imomov Markaziy bankning viloyat filiali boshqaruvi raisi B.Mo'minov tuman hokimi Botir Tog'ayev ishtirokida tadbirkorlar qabuli tashkil etildi. 

Qabulda tumanimiz mahallalarida turli yoʻnalishlarda faoliyat olib borayotgan 50 nafardan ziyod tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Ishbilarmonlar asosan faoliyatlarini kengaytirish, kerakli jihozlarni xarid qilish uchun bank krediti olish masalasida masʼullarga yuzlandilar, shuningdek, qabul davomida kadastr masalalariga oid, yengil konstruksiyali magazin qurishda yuzaga kelayotgan muammolarni hal etish boʻyicha ham murojaatlar viloyatdagi tegishli boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, masʼul shaxslar ishtirokida koʻrib chiqildi.

Tumanimizda faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlar bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda viloyat hokimi oʻrinbosari ularga yaqindan koʻmakdosh ekanligini taʼkidladi. 

Tadbirkorlarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynab kelayotgan masalalarga yechim izlandi. Qabul davomida hal etilishi mumkin boʻlganlariga amaliy yechimlar belgilandi. 

Baʼzi murojaatlarni ijobiy hal etilishi uchun qoʻshimcha oʻrganishlar olib boriladigan boʻldi.

Shuningdek, qabulda qonuniy jihatdan qanoatlantirish imkoniyati mavjud boʻlmagan murojaatlar boʻyicha tadbirkorlarga tegishli tushuntirishlar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram|Instagram| Facebook |Web-sayt| You tube|Twitter

INTERAKTIV XIZMATLAR