Obod mahallalar — yurtimiz koʻzgusi
Yangiliklar
Obod mahallalar — yurtimiz koʻzgusi
Nishon tumani Istiqbol mahallasida "Obod mahalla", "Obod koʻcha", "Obod xonadon" tamoyili asosida keng koʻlamli ishlar amalga oshiriladi.
Bugun viloyat prokurori B.Sayipov tuman sektor rahbarlari, tegishli viloyat va tuman tashkilot rahbarlari hamda masʼullari ishtirokida amaliy ishlar boshlandi.
Patronaj hamshiralari, sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari, favqulodda vaziyatlar va faollar jalb qilingan holda xonadonlarda birma-bir oʻrganish olib borilgan holda mahalla aholisi bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi
Unda atrofni saranjom-sarishta saqlash, tozalik koʻlamini kengaytirish, tomorqadan foydalanish madaniyati boʻyicha suhbat olib borildi.
Shu qatorda mahalladagi tuproq yoʻllarga tosh-shagʻal hamda aholi qatnovi gavjum koʻchalarga asfalt qoplamasi yotqizish ishlari boshlandi. Elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida temir-beton ustunlar olib kelindi. Tabiiy gaz quvurlarida taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
Nishontumani.uz|Telegram|Instagram|Facebook
YANGI O`ZBEKISTON - YASHIL MAKONDA
Oʻzbekiston mahalla faollari, nuroniylar, ziyolilar, xotin-qizlar va yoshlar vakillarining xalqimizga murojaati
Viloyat hokimi Nishon tumanida
Viloyat hokimi Murotjon Azimov va sektor rahbarlari Nishonda olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlarini ko'zdan kechirdi