Sayt vaqtincha test rejimida ishlamoqda........ Сайт временно работает в тестовом режиме........ The site is temporarily in test mode.

Ishonch telefoni:

+998975 512-16-15


YANGI O`ZBEKISTON - YASHIL MAKONDA BIRGA YASHAYLIK!

YANGI O`ZBEKISTON - YASHIL MAKONDA BIRGA YASHAYLIK!

Yangiliklar
Aziz vatandoshlar!
Maʼlumki, Yer sayyorasi – bashariyatning yagona Vatani. Yer – hayot manbai. Inson hayoti uchun nimaiki zarur boʻlsa, barchasini bizga mana shu saxovatli zamin inʼom etadi. Afsuski, bugun suvdan, tuproqdan notoʻgʻri foydalanish, ekologik jihatdan zararli texnologiyalarni qoʻllash oqibatida sayyoramizda iqlim oʻzgarib, bioxilma-xillik yoʻqolib bormoqda. Yer yuzidagi 8 milliarddan ortiq insoniyatning hayoti xavf ostida qolmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yaqinda BMT minbaridan insoniyat hayotiga tahdid solayotgan  uchta inqiroz – iqlim oʻzgarishi, bioxilma-xillik yoʻqolishi va atrof-muhit ifloslanishini bartaraf etishga doir muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Davlatimiz rahbari joriy yil 11 oktyabrda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida ham mazkur masala boʻyicha bir qator muhim takliflar bildirib, ustuvor vazifalarni belgilab berdi. Jumladan, 25 oktyabrdan 1 dekabrga qadar yurtimizda “kuzgi daraxt ekish mavsumi” eʼlon qilindi.
Doimo ona tabiat bilan uygʻun va hamohang boʻlib, atrof-muhit sofligi va barqarorligini saqlashga intilib keladigan koʻp millatli xalqimiz nomidan biz Prezidentimizning ana shu tashabbuslaridan ruh olib, barchangizni, butun el-yurtimizni “Yangi Oʻzbekiston – yashil makonda birga yashaylik!” degan olijanob gʻoyani qoʻllab-quvvatlashga chaqiramiz.
Dono xalqimizda “Yaxshidan bogʻ qoladi” degan purmaʼno hikmat bor.
Shunday ekan, milliy qadriyatlarimizga sodiq qolgan holda, oilada farzand dunyoga kelganida unga atab koʻchat ekish, hashar yoʻli bilan bogʻ-rogʻlar yaratish, imoratlar atrofini koʻkalamzorlashtirish kabi ezgu anʼanalarimizga hamohang tarzda har bir xonadon tomonidan 20 tup koʻchat ekish va oʻstirish tashabbusini ilgari suramiz.

Shuningdek, har bir fuqaroning toʻy va boshqa yaxshi kunlarida nihol ekishni anʼanaga aylantirsak, nima deysizlar?! Bu gʻoyat savobli tadbir emasmi?
Qadrli mahalla faollari, koʻchaboshi va uyboshilar!
Ayni vaqtda, ayrim mahallalarda, koʻcha va guzarlarda boʻsh turgan, daraxt ekilmagan joylar ham koʻp. Endigi vazifamiz ushbu joylarni bogʻ-rogʻlarga aylantirishda mahalla ahlining hamjihatligini kuchaytirish, hudud obodligi va aholi farovonligiga xizmat qiladigan loyihalarni kengaytirishdan iboratdir. Buning uchun har bir mahallada “mahalla bogʻlari”ni yaratishimiz, yashil hududlarni koʻpaytirishimiz, shaxsiy namuna sifatida dastlab oʻz xonadonimiz va koʻchamizni obod qilishimiz, “Yashil makon” umummilliy loyihasiga oʻz hissamizni qoʻshishimiz zarur.
Ekilgan har bir niholni parvarishlash va saqlashda mahalla faollari, boshqaruv-servis kompaniyalari jonbozlik koʻrsatishi lozim. Buning uchun “mahalla yettiligi”, koʻchaboshi va uyboshilar hamda xonadon egalarini masʼul sifatida biriktirish maqsadga muvofiqdir.

Muhtaram nuroniylar!
Sizlarning hayotiy tajribangiz, duo va tilaklaringiz xalqimiz uchun hamisha katta tayanch va suyanch boʻlib kelmoqda.
Yurtimizdagi 3 milliondan ortiq nuroniylardan mahallalarda “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda, aholi tomonidan koʻchatlarni namunali ekishni tashkillashtirishda yanada faollik va tashabbus kutib qolamiz. Sizlarning shaxsiy namunangiz, pandu nasihat, tavsiya va koʻrsatmalaringiz barchamiz uchun muhim.

Nuroniylarimizning har biri 1 tupdan koʻchat eksa, 3 milliondan ziyod yangi daraxt paydo boʻladi. Yoki har biri oʻz yoniga 10 nafar yoshni jalb qilsa, bu raqam 10 barobarga oshadi.
Hurmatli dehqon va fermerlar, tomorqa yer egalari!
Yerga mehr berish, uning har bir qarichidan unumli foydalanish, koʻchat ekib, bogʻ yaratishda sizlarning ulushingiz katta. Birgina koʻchat yetishtirish boʻyicha toʻxtaladigan boʻlsak, mamlakatimizda bir yarim ming fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari tomonidan 81 milliondan ziyod tut, tok, tol, yongʻoq va boshqa nihollar parvarishlanmoqda.
Bu savobli ishlarni davom ettirish uchun har bir xonadon egasi oʻz tomorqasiga, mahalla guzari va koʻchasiga 10 tupdan koʻchat eksa, yurtimiz boʻylab oʻrtacha 55 million daraxt bunyod boʻladi.

Fermerlarimiz “Bir dala – bir mahsulot” tamoyili asosida oʻz hududiga tut, tok, terak va boshqa koʻchatlarni eksa, har bir qarich yerimiz bogʻ-rogʻlarga aylanadi.
Qadrli ziyolilar, fan, adabiyot, sanʼat namoyandalari va  sportchilar!
Jonajon Vatanimiz taraqqiyotiga hissa qoʻshadigan tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlashda sizlarning faol ishtirokingiz muhimdir.
Siz kabi el tanigan ijod ahliga, ziyolilar hamda sport yulduzlariga yurtimiz yoshlari oʻzgacha havas bilan qaraydi.
Shunday ekan, yurtimizda amalga oshirilayotgan kuzgi daraxt ekish mavsumida sizlardan yangi-yangi tashabbuslar, amaliy harakatlar hamda shaxsiy namuna kutib qolamiz!

Moʻtabar onalar, aziz opa-singillar!
Xonadonimiz, mahallamiz fayzu tarovati siz bilan goʻzaldir!
Tabiat ham ona kabi muqaddasdir! Ona va tabiat tushunchalari bir-biriga hamohangdir. Onani qanday eʼzozlasak, tabiatni ham shunday qadrlashni farzandlarimiz ongu shuuriga chuqur singdiraylik!
Toki, zurriyodlarimiz ota-bobolarimiz singari bogʻu boʻstonlar yaratuvchisi, ona tabiat himoyachisi boʻlsin! Shundagina tabiatni asl holidek saqlab, uni kelajak avlodga bezavol yetkazishga erishamiz.
Ayni vaqtda, “Onalar – yashil makon uchun” gʻoyasining anʼanaga aylanib borayotgani, mahallalarda “Onalar bogʻi” tashkil etilayotgani quvonarlidir. Bu ishlarda 10 mingga yaqin mahalladagi “Oqila ayollar” harakatining ham munosib oʻrni bor. Galdagi vazifamiz – ushbu xayrli tadbirlarni xalqimiz orasida keng yoyishdan iborat.

Aziz yoshlar!
Sizlar Yangi Oʻzbekistonning bunyodkor kuchisiz! Xalqimiz koʻzlayotgan yuksak marralarga erishishda aql-zakovatingiz, gʻayrat-shijoatingiz, ona Vatanga boʻlgan sadoqatingiz beqiyosdir. 
Ona zaminimizga mehr bering! Nurli kelajak uchun bugundan boshlab oʻz xonadoningiz, koʻchangiz, mahallangizda niholingizni eking, hududda “Yoshlar bogʻi”ni tashkil etishda tashabbus koʻrsating!
Aslo unutmang, siz Oʻzbekiston farzandisiz, sizning hissangiz – bu ota-onangiz, mahallangiz va butun xalqimizning farovonligi uchun xizmat qiladi.
Qadrli yurtdoshlar!
Daraxt ekish va uni parvarishlashni majburiyat emas, qadriyat sifatida qabul qilaylik! 
Har birimiz kelajak avlod oldidagi burchimizni chuqur his qilgan holda, “Yashil makon” loyihasini umumxalq milliy harakatiga aylantiraylik!
Toki, bizdan farzandlarimizga obod, yashillikka burkangan goʻzal Vatan meros qolsin!


Nishonda "Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik" shiori ostida Yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi Nishonda "Yangi O‘zbekiston yoshlari
"Istiqlol" istirohat bog‘ida joylashgan "Sun'iy ko‘l" majmuasida "Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik" shiori ostida harbiy vatanparvarlik -
Nishonda yoshlarning muammolari joyiga borib o‘rganilmoqda Nishonda yoshlarning muammolari joyiga
Nishonda ma`sullar yoshlarning muammolarini joyiga borib o‘rganishmoqda
Axborot xizmati haqida Axborot xizmati haqida
NISHON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT (matbuot) XIZMATI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDAGI NIZOM
Mehnat faxriysi Yanvar Inoyatov 85 yoshda! Mehnat faxriysi Yanvar Inoyatov 85
Yanvar Po‘latovich o‘zining muborak 85 yoshini keng jamoatchilik ishtirokida qarshi oldi.
Nishon tumani hokimining tuman aholisiga murojaati Nishon tumani hokimining tuman
Nishon tumani hokimi Muxtor Xayitmurodovning tuman aholisiga yo`llagan murojaati.

INTERAKTIV XIZMATLAR