Nishon tumani hokimining tuman aholisiga murojaati
Yangiliklar / FOYDALI MALUMOTLAR
Assalom alaykum!
Hurmatli nishon ahli!
Aziz tumandoshlar!
Respublikamiz hududida kuzatilayotgan anomal sovuq ob-havo sharoiti koʻpgina noqulayliklarni keltirib chiqarayotgani, bu holatlar bizning tumanimizni ham chetlab oʻtmayotganidan xabaringiz bor. Tuman hokimligi, tuman elektr tarmoqlari korxonasi, shuningdek, boshqaruv servis kompaniyalaridan iborat tezkor shtab guruhlari tashkil etilganiga qaramay, uzilishlar va muammolarni bartaraf etishda baʼzi qiyinchiliklarga duch kelinmoqda. Ushbu sharoitda koʻpgina oila va xonadonlarning zarur resurslardan uzilishi esa bizni ham tashvishga solayotgani rost.Shunga qaramay, jamoa va masʼul xodimlar bir daqiqaga boʻlsa-da, oʻz xizmat vazifasini tark etmadi. Xususan, aholimizning aksariyat qismi bu sovuq kunlarda bizga ham dalda, ham koʻmakchi boʻlishga ulgurdilar.
Jumladan, aholi murojaatlariga koʻra, bosqichma-bosqich uzilishlarning bartaraf etilishi, ehtiyojmand oilalar, qariyalar, nogironlar uchun tashkil etilgan osh tadbirlari, 24 soatlik rejimidagi navbatchilik shtablari va taʼmirlash brigadalari, mahalla faollari ishtirokida xonadonma-xonadon yurib, muammolarni oʻz joyida yechilishi, ijtimoiy soha obyektlariga yoʻnaltirilgan qoʻshimcha isitish qurilmalari, homiylar tomonidan koʻrsatilgan koʻmaklarning barchasi birgalikda bamaslahat qilingan ishlarning mevasidir.
Anomal sovuq tushganidan soʻng, Nishon tumanidagi 606 ta xonadonga 72 tonnadan ziyodroq koʻmir yoqilgʻisi tarqatildi. 25 ta nafar fuqaroga uylarini isitish uchun 25 dona elektr pechlari berildi hamda 2 nafar kam taʼminlangan xonadonning elektr energiyasidan yigʻilib qolgan 400 ming soʻmdan ortiq qarzdorligi toʻlab berildi. Shuningdek, 349 ta xonadonga jami 88 mln 810 ming soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlari berilgan boʻlsa, xususan, 212 ta xonadonga 14,3 tonna koʻmir yoqilgʻisi homiylar tomonidan bepul tarqatildi.
Shuningdek, 29 ta MFYda yashovchi aholi uchun 238 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Shu bilan birga ehtiyojmand oilalarga 16 ta gaz balonlari bepul berildi. Shuni alohida taʼkidlash joizki, 2022-2023 yilda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonida Nishon tumanida 960 tonna koʻmir aholi uchun jamlangan boʻlib, shundan 875,4 tonna koʻmir yoqilgʻisi aholi uchun berildi. Hozirgi kunda tumanda kunlik koʻmir isteʼmolining oʻrtacha ehtiyoji 4,5 tonnani tashkil qilmoqda.
Bu mavsum bizga koʻpgina kamchiliklarimiz borligi, hali oldinda katta va masʼuliyatli vazifalarimiz turganligini, shu bilan birga, aholimizning naqadar ahil va bizga boʻlgan ishonchini ham eslatib oʻtdi. Bir necha yillar davomida kuzatilmagan ushbu ob-havo barchamizga birdek taʼsir oʻtkazmasdan qolmadi. Biz duch kelgan muammo va kamchiliklarni mavsum davomida bosqichma-bosqich albatta bartaraf etish choralarini koʻrib boramiz.
Shu oʻrinda, aholimizning, xalqimizning sabr-qanoatiga, matonatiga, bu kunlarda bizni qoʻllab-quvvatlayotgan ishchi-xizmatchilar, masʼul xodim va barcha insonlarga oʻz minnatdorchiligimni bildirib qolaman. Aholi salomatligi, yaxshi yashash sharoitini taʼminlash uchun, albatta, bor imkon va kuchimizni safarbar etamiz.
Xayitmurodov Muxtor Qoʻldoshevich,
Nishon tumani hokimi
Tuman hokimi sayyor qabulda
Nishon tumani hokimi Muxtor Xayitmurodov boshchiligidagi fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul boʻlib oʻtdi.
Fuqarolarning murojaatlari joyiga borib
Nishon tumani hokimi Muxtor Xayitmurodov, tuman Xalq qabulxonasi mudiri Umid Mamashoyev boshchiligidagi masʼullar fuqarolarning murojaatlarini joyiga
Ko`p qavatli uylarga gaz hisoblagichi
Nishon tumanidagi "Kimyogar" mahallasidagi 337-338-uylarning qozonxonasiga 7 mln 383 ming so‘mlik gaz hisoblagichi o‘rnatildi.
Tuman hokimi tadbirkorlarning
Bugun, 4-fevral kuni Nishon tumani hokimi Muxtor Xayitmurodov "Shirinobod" mahallasidagi tadbirkor va fermerlarning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Homiylar tomonidan berilgan oziq-ovqat
Bugun, 19-yanvar kuni Nishon tumani hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi Nishon tumani bo‘limi hamkorlikda imkoniyati cheklangan yoshlarning holidan