Nishonlik ikkinchi jahon urush qatnashchisiga prezident tabrigi o'qib eshittirildi hamda pul mablag'lari topshirildi
Yangiliklar
Nishonlik ikkinchi jahon urush qatnashchisiga prezident tabrigi o'qib eshittirildi hamda pul mablag'lari topshirildi
9 may – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Ikkinchi jahon urushida oʻz jasorati bilan jonbozlik koʻrsatib, bugun ham safimizda turib, Vatanimizning obroʻ-eʼtiborli yuksaltirishga, yoshlarni maʼnaviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qoʻshayotgan faxriylarimiz eʼzozlanib, har yili xolidan xabar olish anʼanaga aylangan.
Shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyati prokurori B.Sayipov ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Nishon tumanida yashovchi Roʻzi Soatovning xonadonida boʻlib, Prezident tabrigini oʻqib eshittirdi va ajratilgan pul mablagʻi hamda bayram sovgʻalarini topshirdi.
Roʻzi Soatov mehmonlar bilan suhbat qurar ekan, urush yillaridagi oilasi roʻbaroʻ kelgan qiyinchiliklar-u bugungi farovon hayoti haqida toʻxtalib, yurtimizda urush faxriylariga alohida imtiyozlar borligi, ularga qaratilayotgan eʼtibor sababli minnatdorligini bildirdi.
Nishontumani.uz|Telegram|Instagram|Facebook
Nishonlik 6 nafar sportchi Jahon
Toshkent shahrida "Ashihara karate" sport turi bo‘yicha Osiyo kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi
Xotira - muqaddas, qadr - abadiy!
Nishon tumanidagi 11-son umumta'lim maktabida "9-may Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi
Fuqarolarning murojaatlari tinglanib,
Sayyor qabul davomida ayrim fuqarolarning murojaatlari mas'ullar tomonida tinglanganidan so‘ng, joyida ijobiy yechim topilmoqda.