Sayt vaqtincha test rejimida ishlamoqda........ Сайт временно работает в тестовом режиме........ The site is temporarily in test mode.

Ishonch telefoni:

+998975 512-16-15


Nishon tumani Soliq inspeksiyasi boshligʻi tayinlandi

Nishon tumani Soliq inspeksiyasi boshligʻi tayinlandi

Yangiliklar
#Tayinlov

✅Nishon tumani hokimligi majlislar zalida Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i, viloyat 4-sektor rahbari Sirojiddin Eshmatov, tuman hokimi Botir Tog‘ayev ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 
🔹Yig‘ilishda, O‘zbekiston Respublikasi soliq qo‘mitasi Raisining buyrug‘i bilan Nishon tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan Eshboltaev Humoyun Abdurajabovich jamoatchilikka tanishtirildi.
🔸Humoyun Eshboltayev 1992-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2014-yil Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan.
🔹U soliq organlaridagi faoliyatini 2015-yilda Qarshi shahar soliq inspeksiyasi Soliqlar va majburiy to‘lovlar tushumlarini hisobga olish, tahlil qilish, ma’lumotlar bazasiga xizmat ko‘rsatish bo‘limi davlat soliq inspektori sifatida boshlagan.
🔸Humoyun Eshboltayev yangi lavozimga tayinlangunga qadar Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
❗️Shuningdek, yig‘ilishda bugungi kunda soliq idoralari oldida turgan asosiy vazifalar, belgilangan prognoz rejalari ijrosi atroflicha muhokama qilindi. Kelgusidagi ustuvor yunalishlar belgilab olindi.

✍️Qashqadaryo viloyati
 soliq boshqarmasi

Telegram | Facebook
Umrini sport sohasiga bag‘ishlagan nuroniy otaxon nafaqaga kuzatildi Umrini sport sohasiga bag‘ishlagan
Sport sohasida ko‘p yillardan buyon faoliyat olib borgan Husanov Axmedjan Ro‘ziqulovich sportdagi mehnat faoliyatini yakunladi.

INTERAKTIV XIZMATLAR