Sayt vaqtincha test rejimida ishlamoqda........ Сайт временно работает в тестовом режиме........ The site is temporarily in test mode.

Ishonch telefoni:

+998975 512-16-15


Nishon tumanida milliy kurash boʻyicha “prokuror kubogi” musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Nishon tumanida milliy kurash boʻyicha “prokuror kubogi” musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Yangiliklar
Bugun Nishon tumanida milliy kurash boʻyicha “prokuror kubogi” musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Yoshlar va oʻsmirlar oʻrtasida sportni ommalashtirish, ayniqsa milliy gʻurur va iftixor bagʻishlovchi oʻzbek milliy kurashining ommaviyligini oshirishga keyingi yillarda yanada eʼtibor qaratilayotgani bor gap.

Taʼkidlanganidek, har qanday jamiyat taraqqiyotida uning kelajagini taʼminlaydigan yosh avlodning sogʻlom va barkamol boʻlib voyaga yetishi hal qiluvchi oʻrin tutadi. 

Shu bois, mamlakatimizda prokurorlar tashabbusi va amaliy yordami bilan yoshlar oʻrtasida turli sport musobaqalari oʻtkazib kelinmoqda.

Xuddi shunday musobaqa Nishon tumani prokurori vazifasini bajaruvchi Xurshid Bahromovning tashabbusi bilan tumandagi sport maktabida "Milliy kurash" sport turi boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtdi

Musobaqalarning ochilish tadbirida Nishon tuman hokimi Botir Togʻayev tuman prokurori vazifasini bajaruvchi Xurshid Bahromov ishtirok etib, ishtirokchilarga omadlar tiladi va tumanda musobaqalarning mahalla, sektor va tuman bosqichlari boshlanganini maʼlum qildi.

Endilikda kurashchi sportchilarimiz oʻz vazn toifalarida musobaqalarda ishtirok etib, tuman birinchiligi uchun kurash olib boradilar va gʻoliblar viloyat va respublika bosqichida ishtirok etish yoʻllanmasini qoʻlga kiritishlari mumkin.

Qiziqarli va murosasiz bahslarga boy oʻtgan musobaqa yakunida gʻoliblar va faol ishtirokchilar tuman prokuraturasi va sport maktabi tomonidan diplom, medal hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

✍️Nishon tumani hokimligi Axborot xizmati 
Nishonlik 6 nafar sportchi Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi Nishonlik 6 nafar sportchi Jahon
Toshkent shahrida "Ashihara karate" sport turi bo‘yicha Osiyo kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi
Nishonda "Deputat kubogi" musobaqasi bo‘lib o‘tdi Nishonda "Deputat kubogi" musobaqasi
Nishon tumanidagi 13-IDUMda Bobur Xalilov tashabbusi bilan "Deputat kubogi" musobaqasi bo‘lib o‘tdi
Nishonlik sportchilar viloyatda sovrindorlar qatorida eʼtirof etildi Nishonlik sportchilar viloyatda
Qarshi shahrida sportning stol tennisi turi boʻyicha viloyat birinchiligi boʻlib oʻtdi.
Tuman hokimining yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi Tuman hokimining yoshlar bilan
Nishon tumani hokimi Muxtor Xayitmurodov ishtirokida "Hokim va yoshlar" uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Tuman hokimi sayyor qabulda fuqarolarning murojaatlarini tinglamoqda Tuman hokimi sayyor qabulda
Nishon tumani hokimi Muxtor Xayitmurodov boshchiligidagi fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul boʻlib oʻtdi.

INTERAKTIV XIZMATLAR