Nishon tumanida ishsiz boʻlgan yoshlarga yer ajratilmoqda.
Yangiliklar
Nishon tumanida ishsiz boʻlgan yoshlarga yer ajratilmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlar bandligini ta'minlash yuzasidan bergan topshirig’iga asosan Nishon tumani "Paxtaobod" va "Jalajin" mahalla hududidagi “Yuksalish gʻallakori” fermer xo’jaligining paxta ekiladigan maydonidan 24 nafar yoshlarga 0,5 gektardan “Yoshlar daftari"ga kiritilgan, vaqtincha ishsiz yoshlarga tuman hokimi, mahalla raisi tavsiyasiga asosan oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishga o’lchab berildi.
“Bir hudud - bir mahsulot” tamoyili asosida ajratilgan yerdan unumli foydalanib tomorqa va dehqon xoʻjaliklarini - sabzavot, poliz, kartoshka, dukkakli va boshqa ekinlar urugʻliklarini ekish boʻyicha tavsiyalar berib oʻtildi.
Mutaxassislar ekin ekish bo’yicha yoshlarga maslahatlar berishdi. Huddi shuningdek, tumanimizning boshqa hududlarida ham yoshlarga yer ajratiladi.
✍️ Nishon tumani hokimligi Axborot xizmati
YANGI O`ZBEKISTON - YASHIL MAKONDA
Oʻzbekiston mahalla faollari, nuroniylar, ziyolilar, xotin-qizlar va yoshlar vakillarining xalqimizga murojaati
Fuqarolarning murojaatlari tinglanib,
Sayyor qabul davomida ayrim fuqarolarning murojaatlari mas'ullar tomonida tinglanganidan so‘ng, joyida ijobiy yechim topilmoqda.
Tuman hokimi sayyor qabulda
Nishon tumani hokimi Muxtor Xayitmurodov boshchiligidagi fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul boʻlib oʻtdi.