Nishon tumanida chigit ekish ishlari davom etmoqda
Yangiliklar
Nishon tumanida chigit ekish ishlari davom etmoqda
Nishon tumanining A. Qodiriy mahallasida hududida joylashgan Indorama agro klasteri xususiy korxonasiga qarashli 390,392 va 393-konturlarda plyonka ostiga chigit ekish ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda.
Hozirgi kunda plyonka ostiga tomchilatib sug‘orish uchun moslangan maxsus yelim shlanglar yotqizilib, urug’ni qo‘shqator ekish usuli keng qo‘llanilmoqda.
Ushbu yer maydonlarida gektarlarda to‘liq ko‘chatlar yaratishda o‘ziga xos imkoniyatga ega. Ekinlar yagana, chopiq qilinmaydi.
Nihollarni kerakli suv va ozuqalar bilan ta’minlashda aniq hisob-kitoblar asosida yotqizilgan quvurlarning xizmati katta. Ular kerakli chuqurlik va ko‘lamda yer namligini saqlab turadi.
Suv, mineral o‘g‘itlar yuborish bilan birga zararli hasharot, begona o‘tlarga qarshi kurash ham quvurlar yordamida amalga oshiriladi.
Natijada hatto suv taqchil, unumdorligi past bo‘lgan yerlarda yuqori hosil olish imkoniyati yaratildi.
Nishontumani.uz |Telegram|Instagram|Facebook