Sayt vaqtincha test rejimida ishlamoqda........ Сайт временно работает в тестовом режиме........ The site is temporarily in test mode.

Ishonch telefoni:

+998975 512-16-15


Nishon tumanida chigit ekish ishlari boshlab yuborildi

Nishon tumanida chigit ekish ishlari boshlab yuborildi

Yangiliklar
Ayni kunlarda Nishon tumanida fermer xoʻjaliklari bahorning iliq kunlaridan unumli foydalangan holda chigit ekish ishlariga kirishmoqdalar


Bu borada oldinda turgan muhim vazifalar va joriy qishloq xoʻjaligi yilining oʻziga xos jihatlari haqida dehqon va fermerlarga tushunchalar berish maqsadida Nishon tumani "Toshpoʻlat bobo avlodlari" fermer xoʻjaligida oʻquv seminar tashkil etildi.


Seminarda viloyat hokimining qishloq xoʻjaligi masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Ulugʻbek Uzoqov, Nishon tumani hokimi Botir Togʻayev hamda sektor rahbarlari shuningdek, sohaga aloqador muassasalar masʼullari ishtirok etdi.Seminar davomida jonliq soʻyilib Qurʼon tilovat qilindi.


Shuningdek U.Uzoqov chigit ekish ishlarini qisqa muddatlarda va uyushqoqlik bilan yakunlash, chigitni maqbul muddatlarda, tez va sifatli ekib, tekis nihol olishga erishish – moʻl hosil yetishtirishning garovi ekanini taʼkidlab oʻtdi.

INTERAKTIV XIZMATLAR