Sayt vaqtincha test rejimida ishlamoqda........ Сайт временно работает в тестовом режиме........ The site is temporarily in test mode.

Ishonch telefoni:

+998975 512-16-15


Nishon tumani hokimi Botir Normaxmatovich Togʻayevning tuman yoshlariga MUROJAATI

Nishon tumani hokimi Botir Normaxmatovich Togʻayevning tuman yoshlariga MUROJAATI

Yangiliklar
Nishon tumani hokimi Botir Normaxmatovich Togʻayevning tuman yoshlariga MUROJAATI 
Assalomu alaykum, 
Aziz  hurmatli tumanimizning navqiron yoshlari.

Avvalam bor bugungi ommaviy axborot vositalariga chiqish orqali Siz aziz yoshlarga “Yoshlarga oid davlat siyosati” doirasida 2023 yilda  tuman yoshlarini har taraflama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar va 2024 yil “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash” yilida yoshlarni xar tomonlama qoʻllab-quvvatlashdik ustuvor yoʻnalishlarda hisobot berayotganimdan benihoyat xursandman.

Sizlarga hisobot berishimdan oldin, tumanimizning demografik koʻrsatkichi bilan tanishtirsam;
Tuman aholisi soni 164 ming 100 nafarni tashkil etib, shundan 0-30  yoshdagi yoshlar soni 91715 nafarni, 18-30 yoshdagi yoshlar soni 29271 nafarni, 14-30 yoshdagi yoshlar soni – 46098 nafar (uyushgan - 19416 nafar, uyushmagan 26682 nafar), migratsiyada yaʼni xorijdagi yoshlar soni 1364 nafar tashkil etadi.

 “Yoshlarga oid davlat siyosati” doirasida oʻtgan 2023 yilda olib borilgan islohotlar yuzasidan qisqacha toʻxtalib oʻtmoqchiman.

Tumanda 2023 yil davomida ijtimoiy ogʻir ahvolda boʻlgan yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida mahalliy byudjetning orttirib bajarilgan qismi hisobidan “Yoshlar daftari” jamgʻarmasiga 2 mlrd 500 mln soʻmlik mablagʻlar oʻtkazilib, jami 2 ming 400 nafar yoshlarimizga 11 turdagi yoʻnalishlar boʻyicha 2 mlrd 121 mln 6 00 ming soʻmlik  yordamlar  koʻrsatilgan.

Bunga misol sifatida 328 nafar yoshlarga 746.7 mln soʻm Professional va Oliy taʼlim muassasalariga toʻlov kontrakti summasining 50 foizgacha boʻlgan qismi, 180 nafar yoshlarni davolanish xarajatlari uchun 346.7 mln soʻm, 63 nafar yoshlarga 405 mln soʻmlik safarbarlik chaqiruvidagi rezerv xarajatlari toʻlab berilgan.

Bundan tashqari tumandagi 1783 nafar ishsiz, 1975 nafar maktab bitiruvchilaridan ish izlab doimiy daromadga ega boʻlish maqsadida mehnat bozoriga kirib kelgan jami 3052 nafar uyushmagan daromad manbaiga ega boʻlmagan yoshlarimizni, bandligi taʼminlangan. 

Ishsiz yoshlarni bandligini taʼminlashda doimiy ish oʻrinlariga joylashtirish orqali 312 nafar, tadbirkorlik subʼektlari tomonidan yangi loyihalar tashkil etish orqali 351 nafar, 497 nafar yoshlarga oʻz tadbirkorligini yoʻlga qoʻyishlari uchun 8 mlrd 425 mln soʻmlik imtiyozli kreditlar va 917 nafar yoshlarimizga 554 ga er maydonlari ajratish orqali bandligi taʼminlanib, yoshlarning  doimiy daromad manbaiga ega boʻlishlariga erishildi.    

Yoshlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda tumanda “Besh bosqichli besh tashabbus” olimpiadasining 1-2 mavsumlarida mahalla, sektor, tuman, viloyat, Respublika bosqichlariga 14-30 yoshdagi jami 47210  nafar yoshlarimiz madaniyat, sanʼat, axborot texnologiyalari va sport musobaqalariga jalb qilinib tashkil     sport bilan shugʻullanishi va ularni chiniqtirish uchun ham keng imkoniyatlar yaratilgan, tumanda 1 ta sport maktabi mavjud boʻlib, jami 49 nafar ishchi xodim faoliyat koʻrsatib kelmoqda, shundan 31 nafari trener-oʻqituvchi, 10 nafari oliy maʼlumotli, 6 nafari tugallanmagan oliy, 15 nafari oʻrta-maxsus, 3 nafari oliy toifali, 11 nafari birinchi toifali, 1 nafari milliy toifali hakam 6 nafar Sport hakamligiga ega. 

2023-yil davomida sport maktabida 317 nafar sportchi oʻquvchi yoshlar unvonli va oʻsmirlar hamda kattalar sport razryadlarni qoʻlga kiritishdi va 6 nafar yoshlar Osiyo chempionatlarida yuqori natijalarga erishilgan.

Olimpiya sport turlari boʻyicha 2 ta oltin, 3 ta  kumush, 1 ta bronza medallarni qoʻlga kiritgan.
Muhtaram Prezidentimizning topshiriqlariga asosan yoshlar bandligini taʼminlash va ularni dehqonchilik bilan shugʻullanishi uchun tuman hokimi zaxirasidan 600 gektar er maydoni 1250 nafar ajratilishi rejalashtirmoqda.
"Nurchi" mahallasidagi hokim yordamchisining taqdimoti bo`lib o`tdi "Nurchi" mahallasidagi hokim
"Nurchi" mahallasidagi hokim yordamchisi Aziz Jo‘rayev tomonidan amalga oshirilgan ishlarga bag`ishlangan taqdimot bo`lib o`tdi.
Nishon tumani hokimining tuman aholisiga murojaati Nishon tumani hokimining tuman
Nishon tumani hokimi Muxtor Xayitmurodovning tuman aholisiga yo`llagan murojaati.

INTERAKTIV XIZMATLAR