Xalq dеputatlari Nishon tumani kеngashining 86-sеssiyasi bo'lib o'tdi.
Yangiliklar
#Nishon_tumani
Xalq dеputatlari Nishon tumani kеngashining 86-sеssiyasi bo'lib o'tdi.
Sessiya ishida tumanni ishsizlik va korrupsiyadan holi hududga aylantirish hamda “Obod xonadon”, “Obod koʻcha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etishda sektor rahbarlari tomonidan “mahallabay” va “xonadonbay” ishlash boʻyicha 2024 yilning I choragida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan Nishon tumani hokimi B.Tog'ayev hamda sektor rahbarlarining hisobotlari eshitildi.
Har bir sektor rahbarining joriy yil yakuniga qadar aholi bandligini taʼminlash boʻyicha dasturlari taqdimot qilindi.
Shuningdek, tanqidiy ruhda oʻtkazilgan ushbu yigʻilishda tumandagi kommunal soha (elektr taʼminoti, gaz, ichimlik suvi, yoʻl) tashkilotlari rahbarlarining ham hisobotlari eshitilib, aholi muammolari bilan bogʻliq masalalarni hal qilishda ular tomonidan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar koʻrsatib oʻtildi.
Sessiya yigʻilishida elektr, gaz, ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash va tuproq yoʻllarni shagʻallashtirish yuzasidan ushbu tashkilotlarning joriy yil yakuniga qadar har bir mahalla kesimida reja-jadvallari muhokama qilindi va tasdiqlandi.
Yigʻilishga yuqoridagi sohalar boʻyicha eng koʻp murojaat qilgan fuqarolar taklif etilib, ularga mahallalarida amalga oshiriladigan ishlarning reja-jadvallari tushuntirildi.
Sessiya kun tartibidagi masalalar boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilindi hamda tasdiqlangan reja-jadvallarni tumandagi har bir mahalla binosida barcha koʻrinarli joylarga ilib qoʻyish belgilandi.
Oʻtkazilgan sessiya yakunida viloyat prokurori soʻzga chiqib bajarilishi lozim boʻlgan masalalar yuzasidan deputatlar bilan muzokara oʻtkazdi.
#sessiya #muhokama #muzokara #qaror
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Nishontumani.uz|Telegram|Instagram|Facebook|You tube
4-sektor rahbarining hisoboti tinglandi
4-sektor rahbari U.Butayorovning hududda 2023-yil yanvar-fevral oyiga qadar amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti to‘g‘risida