Sayt vaqtincha test rejimida ishlamoqda........ Сайт временно работает в тестовом режиме........ The site is temporarily in test mode.

Ishonch telefoni:

+998975 512-16-15


Nishon tumani sektor rahbarlarining tashabbusi bilan boʻsh ish oʻrinlari, mehnat yarmarkasi oʻtkazildi

Nishon tumani sektor rahbarlarining tashabbusi bilan boʻsh ish oʻrinlari, mehnat yarmarkasi oʻtkazildi

Yangiliklar
Nishon tumani sektor rahbarlarining tashabbusi bilan boʻsh ish oʻrinlari, mehnat yarmarkasi oʻtkazildiKuni kecha Nishon tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, tuman kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi bilan hamkorlikda boʻsh ish oʻrinlari, mehnat yarmarkasi oʻtkazildi.Xususan, mehnat yarmarkasi doirasida tuman hokimining birinchi oʻrinbosari T.Rahimov, tuman prokurori S.Djalilov boshchiligidagi tuman hokimligi tashkilot va muassasa rahbarlari ishtirok etdi.Yarmarka qatnashchilariga zarur ijtimoiy shart sharoitlar yaratildi, kichik biznes sohasida va uy sharoitida mehnat qilayotgan milliy hunarmandchilik mahsulotlari koʻrgazmalari tashkil etildi.Boʻsh ish oʻrinlari boʻyicha tashkil etilgan yarmarkada tumandagi 45 ta korxona va tashkilot oʻzlaridagi mavjud 400 ta boʻsh ish oʻrni bilan qatnashdi.Tadbirda Nishon tumanida istiqomat qiluvchi uyushmagan yoshlarning 5 nafariga bandligi taʼminlash uchun asbob-uskunalar, 15 nafariga kontrakt toʻlovlari uchun vaucherlar, 5 nafariga davolanish uchun vaucherlar, 3 nafariga bir martalik davolanish uchun vaucherlar, 2 nafariga harbiy safarbarlik chaqiruvi uchun toʻlov, 10 nafariga yoshlar va aholi bandligini taʼminlash uchun yer ajratilib, sertifikatlar o'z egalariga topshirdiNishon tumani hokimligi axborot xizmati
Tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil
#Uchrashuv Tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Qashqadaryo viloyati prokurorining birinchi oʻrinbosari Sh.Ashurov, hamda Nishon tumani

INTERAKTIV XIZMATLAR