SUD HUQUQ SOHASIDA YANGI DAVR YOKI TERGOV SUDYALARI TASHKIL ETILISHI
Yangiliklar / FOYDALI MALUMOTLAR
SUD HUQUQ SOHASIDA YANGI DAVR YOKI TERGOV SUDYALARI TASHKIL ETILISHI
Mustaqillik yillarida mamlakatda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati qurishga, erkin bozor munosabatlariga va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishga, xalq osoyishta va farovon hayot kechirishi uchun shart-sharoitlar yaratishga, xalqaro maydonda Oʻzbekistonning munosib oʻrin egallashiga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Bosib oʻtilgan yoʻl va orttirilgan tajribani xolisona baholashdan, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlarni tahlil qilishdan hamda zamon talablaridan kelib chiqqan holda, oldimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va mamlakat taraqqiyotini jadallashtirishning muhim ustuvorliklarini hamda aniq marralarini belgilash vazifasi turgan edi.
Mazkur vazifani amalga oshirish yoʻlida aholining keng qatlamlari, jamoatchilik va ishbilarmon doiralar vakillari, davlat organlarining rahbarlari va mutaxassislari bilan amaliy suhbat hamda muhokamalar olib borildi, shuningdek amaldagi qonun hujjatlari, milliy va xalqaro tashkilotlarning axborot-tahliliy materiallari, maʼruzalari, tavsiyalari va sharhlari oʻrganildi, rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi tahlil qilindi.
Shu asosda, oxirgi yillarda sud-huquq islohotlarini jadallashtirish yuzasidan bir qator qonun va qonun osti meʼyoriy huquqiy hujjatlar qabul qilinishi sud-huquq sohasida yangi davr boʻldi desam mubolagʻa boʻlmaydi.
Misol uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tezkor -qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2024 yil 10 iyunda PF-89-son Farmonini aytish mumkin.
Farmonga koʻra, «Oʻzbekiston — 2030» strategiyasida belgilangan ustuvor yoʻnalishlardan kelib chiqib, sudlar faoliyati samaradorligini oshirish, ishni sudga qadar yuritishda taraflarning tengligi va tortishuvi prinsipini amalda taʼminlash, shuningdek, tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini samarali himoya qilinishiga erishish maqsadida:
1. Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Adliya vazirligining 2025 yil 1 yanvardan boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflariga rozilik berilgan:
Jinoyat ishlari boʻyicha sudga qadar ish yurituv davrida protsessual qarorlarga sanksiya berish masalasi jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudlarida alohida sudyalar — tergov sudyalari tomonidan koʻrib chiqilishi tartibini joriy etish;
jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudlarida tergov sudyasi lavozimini kiritish;
jinoyat ishlari boʻyicha sudga qadar ish yurituv davrida tergov sudyasi tomonidan protsessual qarorlarga berilgan sanksiyalar faqatgina apellyatsiya instansiyasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan yakka tartibda qayta koʻrib chiqilishi tartibini belgilash;
tergov sudyalariga maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolatini berish;
tergov sudyalari tomonidan koʻrib chiqiladigan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuqori instansiyalarda qayta koʻrib chiqishning amaldagi tartibini saqlab qolish.
Farmonning 3-bandiga asosan, quyidagilar tergov sudyasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
qonunchilikda belgilangan tartibda tergov sudyasiga yuklatilgan vazifalarni adolatli va xolisona bajarish;
qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini taʼminlash;
fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini sud yoʻli bilan samarali himoya qilish.
Shuningdek, Farmonni 5-bandida Sudyalar oliy kengashi Oliy sud bilan birgalikda 2025-yil 1-yanvarga qadar tergov sudyasi lavozimi joriy etiladigan sudlarning yuqori malakali va masʼuliyatli kadrlar bilan toʻldirilishini taʼminlash koʻrsatilgan.
Muxtasar qilib aytganda, asosiy maqsadimiz inson huquqlari toʻgʻrisidagi xalqaro hujjatlarda kafolatlangan huquqlari hamda erkinliklarini, davlat va jamoat manfaatlarini, yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
Alisher Qahhorov,
Jinoyat ishlari bo'yicha Nishon tumani sudi raisi.

Nishonda davlat-xususiy sheriklik
Nishon markazida dam olish zonalari va tinch zonalarni tashkil etish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik asosida tanlov e’lon qilinadi.
Axborot xizmati haqida
NISHON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT (matbuot) XIZMATI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDAGI NIZOM
Mehnat faxriysi Yanvar Inoyatov 85
Yanvar Po‘latovich o‘zining muborak 85 yoshini keng jamoatchilik ishtirokida qarshi oldi.