Sayt vaqtincha test rejimida ishlamoqda........ Сайт временно работает в тестовом режиме........ The site is temporarily in test mode.

Ishonch telefoni:

+998975 512-16-15


Nishonda yo`l harakati qoidalari buzilishining oldini olish maqsadida ishchi guruh tuzildi

Nishonda yo`l harakati qoidalari buzilishining oldini olish maqsadida ishchi guruh tuzildi

Yangiliklar
O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov tomonidan 2022-yil 31-mart kuni tasdiqlangan "2022-yilda Qashqadaryo viloyatida yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash to'g'risidagi yo'l xaritada belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash yuzasidan Nishon tumanida alohidaishchi guruh tuzildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-aprel kungi "Avtomobil yo'llarida inson xavfsizligini ishonchli ta'minlash va o'lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-190-sonli qarorining 4-band G-bandida berilgan imkoniyatlardan foydalangan holda hamda O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov tomonidan 2022-yil 31-mart kuni tasdiqlangan "2022-yilda Qashqadaryo viloyatida yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash" to'g'risidagi yo'l xaritaning 14-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida Nishon tumani IIB YXXB xodimlari tomonidan tuman hududida sodir etilayotgan yo'l transport hodisalari, ularda vafot etgan va tan jarohati olganlarning salmog'i yuqori boʻlgan "qizil" toifaga kirgan mahallalar, xavfli hududlar hamda avariya o'choqlari to'g'risida har haftada tuman hokimiga axborot kiritilishi belgilandi.

Shuningdek, ushbu hududlarda haydovchilar tomonidan belgilangan tezlikka amal qilinishini nazorat qilish uchun yo'l harakati qoidalari buzilishini qayd etuvchi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalarini o'rnatish maqsadida joylarini o'rganib chiqish bo'yicha ishchi guruh tuzilib, o`z faoliyatini boshlab yubordi.
Nishon tumani hokimining tuman aholisiga murojaati Nishon tumani hokimining tuman
Nishon tumani hokimi Muxtor Xayitmurodovning tuman aholisiga yo`llagan murojaati.
Tuman hokimi sayyor qabulda fuqarolarning murojaatlarini tinglamoqda Tuman hokimi sayyor qabulda
Nishon tumani hokimi Muxtor Xayitmurodov boshchiligidagi fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul boʻlib oʻtdi.
Tuman hokimi tadbirkorlarning faoliyatini oʻrgandi Tuman hokimi tadbirkorlarning
Bugun, 4-fevral kuni Nishon tumani hokimi Muxtor Xayitmurodov "Shirinobod" mahallasidagi tadbirkor va fermerlarning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Qashqadaryo viloyatidan 11 000 dan ortiq mol-mulklar E-AUKSION savdolarida sotilmoqda!!! Qashqadaryo viloyatidan 11 000 dan
Qashqadaryo viloyatidan 11 000 dan ortiq mol-mulklar E-AUKSION savdolarida sotilmoqda!!!
Homiylar tomonidan berilgan oziq-ovqat mahsulotlarini topshirildi Homiylar tomonidan berilgan oziq-ovqat
Bugun, 19-yanvar kuni Nishon tumani hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi Nishon tumani bo‘limi hamkorlikda imkoniyati cheklangan yoshlarning holidan

INTERAKTIV XIZMATLAR