Sayt vaqtincha test rejimida ishlamoqda........ Сайт временно работает в тестовом режиме........ The site is temporarily in test mode.

Ishonch telefoni:

+998975 512-16-15


Qishloq xoʻjaligi sohasida bajarilishi lozim boʻlgan muhim masalalar yuzasidan yigʻilish oʻtkazilib, ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Qishloq xoʻjaligi sohasida bajarilishi lozim boʻlgan muhim masalalar yuzasidan yigʻilish oʻtkazilib, ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Yangiliklar
Qishloq xoʻjaligi sohasida bajarilishi lozim boʻlgan muhim masalalar yuzasidan yigʻilish oʻtkazilib, ustuvor vazifalar belgilab olindi.Viloyati hokimining qishloq xoʻjaligi masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari U.Uzoqov, viloyat prokurorining oʻrinbosari U.Yusupov, Qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi O.Boymirov, Nishon tuman hokimi B.Tog'ayevlar tomonidan fermerlar ishtirokida qishloq xoʻjaligi masalalariga bagʻishlangan yig'ilish oʻtkazildi.Yig'ilishda sektor rahbarlari, turli tashkilot va muassasalar rahbarlari hamda fermerlar ishtirok etdi.Yigʻilishda gʻalla oʻrimidan boʻshagan yer maydonlariga takroriy ekin ekish, g‘o‘za parvarishida boshlab qilinishi zarur boʻlgan agrotexnik tadbirlarni sifatli bajarish, oʻg‘itlash ishlarini tashkil etish xususida soʻz bordi.Shuningdek, o‘g‘itlarni to‘g‘ri qo‘llash orqali ekinlar, hosildorligini oshirish, hosil sifatini yaxshilash va tuproq unumdorligini oshirish mumkinligi taʼkidlandi.Maʼruzachilarning chiqishlari davomida fermerlar, rahbarlar, hokimlar va soha mutaxassislarining ishtirokida savol-javoblar va oʻzaro fikr almashinuvi boʻlib oʻtdi.Tadbir soʻngida takroriy ekin ekish ishlarini sifatli va samarali olib borish orqali aholi daromadlarini oshirish borasida sohaga masʼul mutasaddilarga aniq koʻrsatmalar berildi.Shuningdek fermer xoʻjaliklariga hududlar kesimida sektor rahbarlari biriktirilib, qisqa muddat ichida bajarilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.Nishon tumani hkimligi axborot xizmati

INTERAKTIV XIZMATLAR