Nishon tumani 2024-yil gʻalla hosili oʻrim-yigʻimi mavsumida ishtirok etadigan kombaynlarni taʼmirlash va sertifikat asosida qabul qilinishini tashkil etish boʻyicha koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi.
Yangiliklar
#Seminar
Nishon tumani 2024-yil gʻalla hosili oʻrim-yigʻimi mavsumida ishtirok etadigan kombaynlarni taʼmirlash va sertifikat asosida qabul qilinishini tashkil etish boʻyicha koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi.
Seminarda viloyat hokimining qishloq xoʻjaligi masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari U.Uzoqov, Viloyat IIB boshligʻi A.Ismoilov, Nishon tumani hokimi B.Tog'ayev hamda tuman sektor rahbarlari “Oʻzagroinspeksiya”ning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi masʼullari, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Seminar avvalida jonliq soʻyilib, Qurʼon tilovat qilindi. Yoshi ulug‘ otaxonlar bobodehqonlar oldidagi mashaqqatli, shu bilan birga sharafli ishlarida kuch-quvvat tilab, yurtimizda mo‘l-ko‘lchilik, to‘kin-sochinlik bo‘lishiga duo qildi.
Shundan so‘ng seminar ishtirokchilariga 25-maydan 10-iyungacha davom etadigan o‘rim-yig‘im mavsumida amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi haqida ma’lumot berildi.
Joriy mavsumda tumanda ekilgan 18,500 gektar gʻalla ekinini nes-nobud qilmasdan oʻrib-yigʻib olish uchun 51dona gʻalla oʻrim kombaynlari, 260 dona tashish transportlari jalb etiladi.
Gʻalla oʻrim-yigʻim mavsumini oʻz muddatida va sifatli oʻtkazish uchun 25 ta oʻrim otryadlari tashkil etilgan boʻlib, har bir otryadga 2 donadan kombayn, 7 ta koʻchma taʼmirlash ustaxonalari biriktirildi.
Shuningdek g'alla o‘rish kombaynlarining barchasi zamonaviy yuqori unumli kombaynlarni tashkil etib, eski rusumdagi g‘alla o‘rish kombaynlarini dalaga kiritish qatʼiy taqiqlandi.
Seminarda otryad rahbarlari va masʼullarga gʻalla oʻrimi mavsumining oʻziga xos jihatlari, unga puxta hozirlik koʻrish, texnikalar shayligi, donni qabul qilish punktlarining hozirligi, transport taʼminoti va tashuvni tashkil etish boʻyicha zarur vazifa va tavsiyalar berildi.
Shundan soʻng seminarda bajarilishi lozim masalalar belgilab olinib, tadbir yakunida kombayn operatorlariga bir qopdan un, 5 litr oq yogʻ, 3kg goʻsht, 25kg kartoshka, 25kg piyoz, 5kg guruch, 1mln soʻmdan pul mablagʻlari toʻlab berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Nishontumani.uz |Telegram|Instagram|Facebook|You tube
Tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil
#Uchrashuv Tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Qashqadaryo viloyati prokurorining birinchi oʻrinbosari Sh.Ashurov, hamda Nishon tumani