Sayt vaqtincha test rejimida ishlamoqda........ Сайт временно работает в тестовом режиме........ The site is temporarily in test mode.

Ishonch telefoni:

+998975 512-16-15


Nishon tumani hokimi Botir Normaxmadovich Tog'ayevning 2024-yil Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan bayram tabrigi bilan

Nishon tumani hokimi Botir Normaxmadovich Tog'ayevning 2024-yil Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan bayram tabrigi bilan

Yangiliklar
Assalomu alaykum,
hurmatli nuroniy otaxonu-onaxonlar,
munis opa-singillar, 
qadrli Nishonlik yurtdoshlar,
Muhtaram xalq sayli ishtirokchilari!
Avvalombor, barchangizni yasharish va yangilanish, poklanish va uyg‘onish ayyomi – Navro‘zi olam bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Bahor va tabiat uyg‘onishining timsoli, sharqona yangi yilning boshlanishi bo‘lgan Navro‘zi olamni baland ruh va katta shodiyona bilan nishonlash azal-azaldan el-yurtimiz uchun go‘zal an’ana hisoblanadi. 
Xalqimizning ko‘p asrlik ezgu qadriyatlarini, uning orzu-intilishlarini o‘zida mujassam etgan ushbu qutlug‘ ayyom mustaqillik yillarida mamlakatimizda yashayotgan turli millat va elatlarga mansub barcha vatandoshlarimiz uchun umumxalq bayramiga aylandi.
Navro‘zi olamning ruhi va falsafasida mujassam bo‘lgan yaxshilik va bag‘rikenglik, ahillik va hamjihatlik, atrof-muhitni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash kabi olijanob g‘oyalar Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tarixiy o‘zgarishlarning maqsad va mazmuniga to‘la hamohangdir.
Hozirgi kunda jamiyatimizda hukm surayotgan tinchlik, do‘stlik va birodarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, xalqimiz, avvalo, yosh avlodimiz qalbi va ongida Vatanimizning buguni va kelajagiga daxldorlik tuyg‘usini kuchaytirishda Navro‘z bayramining ahamiyati tobora ortib bormoqda. 
El-yurtimiz yasharish va yangilanish, mehr-oqibat fasli sifatida e’zozlaydigan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan xalqaro bayram deb e’tirof etilgan Navro‘zning ma’naviy hayotimizdagi ulkan o‘rni va ta’sirini inobatga olib, ushbu ayyomni milliy qadriyat va urf-odatlarimizga uyg‘un tarzda, har tomonlama munosib darajada nishonlash maqsadida muhtaram Prezidentimizning 2024 yilgi Navro‘z umumxalq bayramini mamlakatimizda “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” degan bosh g‘oya asosida umumxalq sayillari shaklida ko‘tarinki ruh va yuksak saviyada nishonlash to‘g‘risida qarorlari imzolandi.
Aziz yurtdoshlar!
So‘nggi yillarida mamlakatimiz yuksalishning yuksak taraqqyotiga ko‘tarildi. Bugun Yangi O‘zbekiston deb e’tirof etilayotgan davlatimizning erishayotgan yutuqlarini butun dunyo ahli tan olmoqda. 
Mana shunday yuksalishning oydin va porloq yo‘liga chiqqan mamlakatimizda Navro‘zi olamni yuksak mehnat zafarlari bilan kutib olish haqiqiy an’anaga aylandi.
Jumladan, Navro‘zdan Navro‘zgacha tumanimiz hayotida bo‘lgan yuksak o‘zgarishlar, fidokorona mehnat evaziga amalga oshirilagan ezgu va savobli ishlar har birimizning qalbimizga faxr va iftixor tuyg‘usini solish bilan birgalikda zimmamizga ulkan mas’uliyat yuklaydi. 
Ana shu mas’uliyatni chin dildan his etib, bunyodkorlik ishlarida namuna ko‘rsatayotgan tumanimizning barcha faollariga, ziyolilariga, mehnatkash va qadoq qo‘lli dehqonlariga ushbu Navro‘z ayyom kunlarida yana bir bor tashakkur aytaman. Barchangizga tinchlik-omonlik, sihat-salomatlik, baxtu saodat va ulkan yutuqlar tilayman. 
Hurmatli Nishonliklar!
Biz bahor, yasharish va yangilanish fasli Navro‘zi olamni hamisha orziqib, intizorlik bilan kutamiz.
Mana, nihoyat, Navro‘z bayramini yana keksayu-yosh barchamiz birgalikda katta shodu- xurramlik bilan qarshi olmoqdamiz.
Muhtaram bayram sayli qatnashchilari!
Mamlakatimizda boshlagan ulkan islohotlarini davom ettirish maqsadida Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi hamda “Biznes va Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash yili” dasturi qabul qilindi.
Mehnatkash va oliyjanob xalqimiz milliy rivojlanishning yangi davriga ulug‘vor maqsad va amaliy ishlar bilan kirib bormoqda.
Yurtimizda yuzlab zamonaviy korxonalar, yo‘l va kommunikatsiya tarmoqlari, shinam turar-joylar, yangi bog‘cha va maktablar, oliygohlar hamda madaniyat maskanlari, tibbiyot va sport inshootlari barpo etilmoqda.
Ushbu bektakror ayyomda Navro‘zning oliyjanob qadriyatlaridan kuch-quvvat va ilhom olgan xalqimiz mahallalarda hasharlar qilib, ko‘chat va gullar ekib, yangi-yangi bog‘-rog‘lar, sayilgohlar yaratmoqda.
Aytish mumkin-ki, ayni paytda butun mamlakatimiz bayram kayfiyati va bunyodkorlik ruhi bilan yashamoqda.
Aziz bayram ishtirokchilari!
Ma’lumki, dunyoda turli bayramlar, qutlug‘ sanalar ko‘p. Lekin, inson qadri va sha’nini ulug‘lashda Navro‘z ayyomi alohida o‘rin tutadi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.
Navro‘zi olam bizni tabiat farzandi bo‘lib, Vatan tuprog‘ini, ona zamindagi har bir giyohni ko‘zimizga to‘tiyo qilib yashashga o‘rgatadi.
Navro‘z hammamizga insoniylik, mehr-oqibat va bag‘rikenglik fanidan saboq beradi.
Shu fayzli lahzalarda barchamiz tinchlik va osoyishtalik naqadar bebaho ne’mat ekanini, uning qadr-qimmati va ahamiyatini yaxshi anglaymiz.
Ayni shu kunlarda bag‘rikeng diyorimizda millatlararo do‘stlik, o‘zaro hurmat, saxovat va muruvvat tuyg‘ulari yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Biz, barcha havas qiladigan bunday boqiy urf-odatlarimizni ko‘z qorachig‘idek asrab, aziz farzandlarimizni mana shunday yuksak odamiylik ruhida tarbiyalashni davom ettirishimiz lozim.
Ushbu imkoniyatdan foydalanib, Xalqaro Navro‘z kuni munosabati bilan xalqimizga tinchlik, farovonlik va ravnaq tilayman.
Aziz Nishonliklar yurtdoshlar!
Mana shu barakali kunlarda rizqu nasibamiz bunyodkori bo‘lgan mirishkor dehqon va fermerlarimiz, sohibkor bog‘bon va cho‘ponlarimiz yaxshi kayfiyat va ezgu niyatlar bilan qadrdon dalalari va bog‘lari, yashil yaylovlari tomon yo‘l olmoqdalar.
Ularning barchasini chin dildan qutlab, yangi mavsumda ishlariga rivoj va omadlar tilab, hosilimiz mo‘l, xirmonlarimiz baland bo‘lsin, deb pok niyatlar qilamiz.
Muhtaram Navro‘z sayli ishtirokchilari,
Navro‘z bayrami tantanalari xalqimizning o‘lmas va bezavol qadriyatlari yana bir bor o‘zining hayotbaxsh qudratini ko‘rsatmoqda.
Navro‘z ana shunday sahovat, mehr-muravvat, ishonch, oqibat, qut-baraka bayramidir. 
Tabiatning kunaro tuhfa etayotgan obirahmati, yomg‘irli kunlari qut-barakadan darak bermoqda.
Demakki, bu yilimiz ezgulik, yaxshilik, mo‘l hosillik, bunyodkorlik va farovonlik yili bo‘lishiga chin dildan ishonamiz.
Navro‘zi olam xalqimizning qadim va hamisha navqiron qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan uyg‘onish faslidir.
Navro‘z–bu sharqona Yangi yilimiz, yangi kunning boshlanishidir. 
Xuddi shu kuni bobodehqonlarimiz yaxshi niyatlar bilan yerga urug‘ qadab, xalqimizning non-nasibasi, rizqi ulug‘ bo‘lishini Yaratgandan so‘rab niyat qilishadi.
Barchangizni, Siz orqali butun tuman ahlini yana bir bor Navro‘zi ayyom bilan chin qalbimdan mubarokbod etaman.
Har biringizning oilangizda to‘kinlik va farovonlik, tinchlik va omonlik, sihat va salomatlik bo‘lsin, Navro‘zi olam yurtimizga, elimizga, xalqimizga, Vatanimizga faqat shodlik va baxt olib kelsin!
E’tiborlaringiz uchun rahmat.
YANGI O`ZBEKISTON - YASHIL MAKONDA BIRGA YASHAYLIK! YANGI O`ZBEKISTON - YASHIL MAKONDA
Oʻzbekiston mahalla faollari, nuroniylar, ziyolilar, xotin-qizlar va yoshlar vakillarining xalqimizga murojaati
Umrini sport sohasiga bag‘ishlagan nuroniy otaxon nafaqaga kuzatildi Umrini sport sohasiga bag‘ishlagan
Sport sohasida ko‘p yillardan buyon faoliyat olib borgan Husanov Axmedjan Ro‘ziqulovich sportdagi mehnat faoliyatini yakunladi.
Mehnat faxriysi Yanvar Inoyatov 85 yoshda! Mehnat faxriysi Yanvar Inoyatov 85
Yanvar Po‘latovich o‘zining muborak 85 yoshini keng jamoatchilik ishtirokida qarshi oldi.

INTERAKTIV XIZMATLAR