Sayt vaqtincha test rejimida ishlamoqda........ Сайт временно работает в тестовом режиме........ The site is temporarily in test mode.

Ishonch telefoni:

+998975 512-16-15


Nishon tumani hokimi Botir Normaxmadovich Tog'ayevning Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan bayram tabrigi

Nishon tumani hokimi Botir Normaxmadovich Tog'ayevning Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan bayram tabrigi

Yangiliklar
Assalomu alaykum aziz Nishonliklar, hurmatli mahalla fidoyilari!

Sizlarni 22-mart Oʻzbekistonda mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan chin qalbimdan, samimiy muborakbod etaman.

Mahalla – kishilarning muayyan hududda, birgalikda yashashlari tufayli yuzaga kelgan birligi. Mahalla – yirik jamoadir.  

Bugun Oʻzbekistonda mahalla tizimiga boʻlgan e’tibor tubdan oʻzgardi. Zero, bu aholi bilan bevosita ishlashning eng samarali va an’anaviy mexanizmidir.

Olib borayotgan barcha harakatlarimiz, qilayotgan ezgu ishlarimiz xalqimiz farovonligi uchun. Bunda bevosita Siz mahalla fidoyilarining shijoatingiz, jonbozligingiz, tashabbuskorligingiz tahsinga loyiq.

Men sizlarni bugungi bayram bilan yana bir bor muborakbod etib, mahallangiz tinch, har bir oila, har bir xonadonda yaxshi kunlar, toʻy-tomoshalar koʻp boʻlishini Yaratgandan soʻrab qolaman!

Kasb bayramingiz barchangizga muborak boʻlsin!

Botir Normaxmadovich Tog'ayev!
Nishon tumani hokimi

INTERAKTIV XIZMATLAR