Nishon tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Rayosatining fermer va dehqonlar hamda tomorqa yer egalariga murojaati
Yangiliklar
Nishon tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Rayosatining fermer va dehqonlar hamda tomorqa yer egalariga
M U R O J A A T I
Hurmatli va aziz fermerlar, dehqonlar hamda tomorqa yer egalari!M U R O J A A T I
So‘nggi yillarda mamlakatimizda ko‘kalamzorlashtirish, o‘simliklarni muhofaza qilish hamda yashil maydonlarni kengaytirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ko‘chat ekib, bog‘ yaratish – xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri. Zero, o‘zimiz yashab turgan joyni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tufayli ko‘nglimiz shodlikka to‘ladi, turmushimiz fayzli va farovon bo‘ladi.
Ayni chog‘da bog‘lar, ko‘chalar hamda yo‘l chetlarida yashnab turgan daraxtlar tevarak-atrofga ko‘rk ulashishi barobarida havo musaffoligini ta’minlab, dasturxonimizni mevalar bilan to‘ldiradi.
Daraxtlarga mehr berish, ularni parvarishlash eng ezgu va xayrli amal sanaladi. Ko‘chat ekib, bog‘ yaratish, atrof-muhitni toza va ozoda saqlash xalqimizning asrlar sinovidan o‘tgan milliy qadriyatidir. Zero, ajdodlarimiz oilada yangi to‘g‘ilgan farzandga atab yerga nihol qadagan. O‘sha daraxt bilan birga farzand ham o‘lg‘aygan.
Demak, xalqimizning ibratli o‘tmishi o‘zimiz yashayotgan muhitda tabiatga oqilona munosabatda bo‘lib, uni asrab avaylash, kelgusi avlodlar ham yashashi uchun qulay makon barpo etishga undaydi.
Muhtaram Prezidentimizning joriy yilning 29-mart kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish borasida bergan ko‘rsatmalarini bajarish juda ham muhimdir.
Prezidentimiz raisligida «Yashil makon» umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha 2024 yildagi ustuvor vazifalar yuzasidan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida bu boradagi ishlarni kengaytirib, “Yashil makon” umummilliy loyihasi ishlari doirasida joriy yil 2024 yil bahorgi ko‘chat ekish oyida 10 million 174 ming dona, kuz oyida 6 million 130 ming 500 donadaraxt ko‘chatlari ekish vazifasi belgilab berildi.
Shuningdek, ushbu yig‘ilishda «Yashil makon» umummilliy loyihasi bir yillik tadbir emasligi, kelgusi besh yilda 80 million tup daraxt ko‘chatini ekish maqsad qilinganligi ta’kidlandi. «Yashil makon» umummilliy loyihasini amalga oshirilishi har bir hududning iqlimga mos, kam suv talab qiladigan ko‘chatlarni tanlab ularni yetishtirish uchun ko‘chatxonalar ko‘paytirilishi ayni muddaodir.
Qayd etish kerakki, Nishon tumanida joriy yilning bahor oylarida mahallalarda, fermer va dehqonlarimiz dala yer maydonlarining chetlariga va aholi tomorqalarida 10 million 469 mingdan ziyod ko‘chat ekildi. Albatta, bu savobli ishlarda ko‘plab tashkilotlar, mahallalar, umuman, keng jamoatchilik qatori siz mehnatkash dehqon va fermerlarimizning ham munosib hissasi bor.
Hurmatli fermerlar!
Siz ham fermer xo‘jaligingiz atrofiga bo‘sh yerlarga tut, tok va boshqa daraxt ko‘chatlari ekib “Yashil makon” umummilliy loyihasiga o‘z hissangizni qo‘shing! Buning uchun viloyatmizdagi ko‘chat yetishtiruvchi fermer, dehqon xo‘jaliklarida va tomorqa yer egalarida 7 milliondan ziyod tut, tok, tol, yong‘oq va boshqa daraxt nihollari mavjuddir. Siz ular bilan hamkorlikni qo‘yish orqali, viloyatimiz yashillik olamiga o‘zingizning munosib hissangizni qo‘shgan bo‘lasiz.
Mehnatkash dehqonlar!
Muhtaram Prezidentimizning qarorlari bilan joriy yildan boshlab paxta-g‘alladan bo‘shagan maydonlardan dehqon xo‘jaliklari uchun yer ajratilib, zaxmatkash fermerlar bu yerlardan samarali foydalanib, yuqori daromad olishni boshladingiz. Sizlar har bir qarich yerdan unumli foydalangan holda “Bir kontur-bir mahsulot” tamoyilini amalga oshirish doirasida dala chetiga va ko‘cha boshiga tut, tok va boshqa ko‘chatlarini ekishni tashkil etishga chorlaymiz.
Muhtaram tomorqachilar!
Nishon tumanidagi 36 ta mahalla fuqaro yig‘inlarida 27 mingdan ziyod tomorqa yer egalari faoliyat yuritadi.Natijalar hisob-kitoblarda aniq ko‘rinadi.
Agar har bir tomorqachi o‘z tomorqasiga, mahalla guzariga va ko‘cha boshiga 10 donadan ko‘chat eksa, tumanimiz bo‘yicha 270 ming dona ko‘chat ekiladi. Bunday saxovatpeshalik bilan qilingan ishlaringiz tahsinga sazovor bo‘ladi!
Sizlarga tut, tok va boshqa ko‘chatlar kerak bo‘lsa tumanlardagi fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlariga murojaat etishingiz mumkin. Ayni paytda Nishon tumanida 200 mingdan ziyod tok, tut va boshqa mevali daraxt ko‘chatlari zahirasi yaratilgan bo‘lib, ushbu ko‘chatlarni xarid qilish orqali, mahallangiz guzariga va ko‘cha boshlariga hamda tomorqangizga ekib o‘z manzil makoningizni obod qilishga chaqiramiz. Hurmatli va aziz fermerlar, dehqonlar hamda tomorqa yer egalari!
Sizlarni Yurtboshimizning yuksak ishonchini oqlab, mamlakatimiz va tumanimiz ravnaqi va farovonligiga munosib hissa qo‘shish uchun faol ishtirok etib «Yashil makon» umummilliy loyihasi asosida tut, tok va boshqa daraxt ko‘chatlari ekishga chaqiramiz! Bu bilan siz xalqimizga xos ezgu fazilatlarga o‘zingizning munosib hissangizni qo‘shgan bo‘lasiz!
Zero, nafaqat hovli va uylarimiz mahalla va tuman ham o‘zimiznikidir. Uning ozodaligi va ko‘rkamligiga barchamiz birdek mas’ulmiz.
Vatanimiz obodligi yo‘lida o‘z hissamizni qo‘shaylik!
Nishon tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi
YANGI O`ZBEKISTON - YASHIL MAKONDA
Oʻzbekiston mahalla faollari, nuroniylar, ziyolilar, xotin-qizlar va yoshlar vakillarining xalqimizga murojaati